|
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qurʼa tashlangach, “Dinamo” matbuot xizmati jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning qurʼa va raqiblar haqidagi fikri bilan qiziqdi.
«Odatdagidek, kuchli guruhlardan biriga tushdik. Qiziqarli o‘yinlar bo‘ladi. Pley-offga chiqish uchun kurashamiz. Qizig‘i, o‘tgan mavsumdagidek kuchli raqiblar yig‘ildi. “Andijon” kubokning amaldagi g‘olibi, “Surxon” yarimfinal ishtirokchisi. “Andijon” bilan o‘tgan yil ham bir guruhda edik va Andijonda 2:2 o‘ynagandik. Bu safar yana Andijonga boramiz. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz va kurashish kerak. Muxlislarni qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi», - deydi Vadim Karlenovich.
Maʼlumot uchun, “Dinamo” kubok 1-turini 8 yoki 9 aprel kuni Samarqandda boshlasa, 22 yoki 23 aprel kuni Termizga safar qiladi, 13 yoki 14 may kuni esa Andijonga safar qiladi. |