|
Superliga yangi mavsumi 1 mart kuni “Navbahor� va “Dinamo� o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi.
Samarqand va Namangan klublari hozirga qadar chempionat doirasida 50 marta o‘zaro to‘qnash kelib, 13 uchrashuvda “arslonlar�, 28 bahsda esa “lochinlar� ustun kelgan, 9 o‘yinda esa tomonlar murosa yo‘lini tanlagan. To‘plar nisbati ham namanganliklar foydasiga – 88:43.
“Dinamo� va “Navbahor� o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda ko‘hna shaharliklar 48 ochkoga, vodiyliklar esa 93 ochkoga ega chiqqan. “Dinamo� hozirga qadar Namanganda 25 marta mehmon bo‘lib, g‘alaba qozona olmagan – 19 mag‘lubiyat va 6ta durang.
Jamoalar so‘nggi marta 2022 yilgi Superligada o‘zaro to‘qnash kelib, Samarqandda 0:1, Namanganda esa 2:0 hisobida Samvel Babayan shogirdlari zafar quchgan.
� Superliga-2024. 1-tur
📆 1 mart (juma)
⛳� “Navbahor� - “Dinamo�
� O‘yin boshlanish vaqti: 18:30
🖥 TV-translyatsiya: Foreign Languages |